Agar sizda SSL sertifikatini serveringizga mustaqil o‘rnatadigan mutaxassis bo‘lmasa, kompaniyamizdan SSL sertifikatini o‘rnatish xizmatini buyurtma qilishingiz mumkin. Malakali mutaxassislarimiz bu ishni siz uchun bajaradilar.
Serverga bitta SSL sertifikatini o‘rnatish narxi 400 000 so‘m.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun SSL sertifikatini o‘rnatish bilan birga buyurtma berishingiz kerak. Buni SSL sertifikatini xarid qilish jarayonida amalga oshirishingiz mumkin.
Agar buyurtma berishda qiyinchilikka duch kelsangiz, bizga kontakt raqamlarimiz orqali qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki shaxsiy kabinetingizdan tiket yozishingiz mumkin.